Jizzax politexnika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari xorijiy davlatlarda malaka oshirish rejasi asosida Qozog‘iston Respublikasidagi Muxtor Auezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston davlat universitetida dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Tashrif davomida Falsafa va Tarix fanlaridan qator ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.
Professor-o‘qituvchilar ilmiy-uslubiy faoliyatini takomillashtirish, talabalarni qo‘shma ta’lim dasturlariga jalb etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Ushbu tashrif tafsilotlari Qozog‘iston Respublikasining nufuzli ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.