Img
16-Sentabr, 2025-yil

Jizzax politexnika institutida “Eko-innovatsion – 2025” ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 19-iyundagi 228-sonli buyrug‘iga asosan 2025-yil 16-sentabr kuni Jizzax politexnika institutida “Eko-innovatsion – 2025” ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Ko‘rgazmada institut talabalari, magistrlari va doktorantlari o‘z ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Ko‘rgazmada yosh ixtirochilar quyidagi yo‘nalishlarda innovatsion ishlanmalar va loyihalar bilan qatnashdilar:
- Atrof - muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish, chiqindilarni qayta ishlash va kamaytirish;
- Qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
-Innovatsion ekologik texnologiyalar va qurilmalar.

Ko‘rgazmada ishtirokchilar taqdim etgan loyihalari va ishlanmalari ekologik muammoni hal qilishga qaratilgan bo‘lib, real hayotda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan amaliy yechimlar taklif qilingan.

Shuningdek ko‘rgazma davomida ishlanma va loyihalar mualliflarini Ekspertlar guruhi a’zolari tomonidan nizomda ko‘rsatilgan baholash mezonlari asosida baholandi.

Ko‘rgazma yakunida eng yaxshi deb topilgan ishlanma va loyiha ishtirokchilari quyidagicha taqdirlandilar:

Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan ishlanma va loyiha mualliflari 6 million so‘m;
Ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan ishlanmalar va loyihalar mualliflari 4 million so‘m;
Uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan ishlanmalar va loyihalar mualliflari 2 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildilar.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3