Uchrashuvda institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Jamshid Abdunazarov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Muhriddin Eshqulov, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Azizbek Nishonov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, ilmiy-texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, delegatsiya Ilg‘or muhandislik maktabiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Bu hamkorlikning amaliy jihatlarini mustahkamlash va sanoat bilan integratsiyalashgan ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.