Jizzax politexnika instituti Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Yorqinbek Rajabovning ikkinchi sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida prorektor talabalar turar joyidagi holat bilan tanishib, talabalar bilan muloqot qildi. Talaba-yoshlarning muammolari o'rganildi.
Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida oʻtdi. Mavjud shart-sharoitlari ko'zdan kechirilib, yong'in-xavfsizligi qoidalari, sanitar-gigiyenik holatlarga rioya qilish, texnika xavfsizligi hamda elektr energiyasidan foydalanishi haqida tavsiyalar berildi.
Shuningdek, talabalar murojaatlarini tezkor hal qilish hamda ularning takliflarini muntazam inobatga olish uchun yaratilgan @JizPI_moliyaprorektoribot imkoniyatlari atroflicha tushuntirildi.
Uchrashuv davomida talabalar prorektorga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil javob oldilar.