Img
19-Sentabr, 2025-yil

INTI Xalqaro universitetida stajirovka – yangi hamkorlik ufqlari

Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi Malayziyaning INTI Xalqaro universitetida qisqa muddatli stajirovka dasturida ishtirok etib qaytdi.

Stajirovka davomida:
INTI universiteti professor-o‘qituvchilari bilan bilim va tajriba almashildi;
Scopus bazasidagi yuqori impakt-faktorli jurnallarda qo‘shma ilmiy maqolalar chop etish bo‘yicha kelishuvga erishildi;
QS xalqaro reytinglar bo‘limi boshlig‘i professor Dr. Cheng Wan Hee bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Dr. Cheng institutimizning xalqaro reytinglarga kirish jarayonida har tomonlama hamkorlik va ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

Ushbu safar institutimizning xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ilmiy salohiyatini yanada oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3