Img
20-Sentabr, 2025-yil

Jizzax politexnika instituti talabalari Xitoyda o‘qishmoqda

Jizzax politexnika instituti Transport muhandisligi yo‘nalishi 2-kurs magistranti Anvar Ortiqov hamda qo‘shma ta’lim dasturi Mexanika muhandisligi 2-kurs talabasi Shohjahon Nematov Xitoy Xalq Respublikasining Suzhou University of Technology (Electrical Engineering and Automation School)da talabalar almashinuvi dasturi doirasida tahsil olishmoqda.

O‘qish davomida zamonaviy muhandislik ta’limi va avtomatlashtirish texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashilmoqda.
Talabalar zamonaviy, ishlab chiqarish jarayonlariga integratsiya qilingan laboratoriyalar faoliyati bilan tanishishmoqda.
Shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda.

Ushbu dastur institutimiz talabalari uchun xalqaro tajriba orttirish va ilmiy-amaliy salohiyatni oshirishga xizmat qilmoqda.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3