Img
20-Sentabr, 2025-yil

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumiga start berildi

Jizzax politexnika institutida talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga start berildi

Mazkur tadbirga Jizzax politexnika instituti jamoasi mezbonlik qildi hamda unda viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalari rahbariyati va jamoasi ishtirok etdi.

Xabar berganimizdek, joriy yilning sentabr-noyabr oylarida sportning quyidagi turlaridan musobaqalar bo‘lib o‘tadi

• mini-futbol (o‘g‘il bolalar)

• stol tennisi (o‘g‘il-qizlar)

• voleybol (o‘g‘il-qizlar)

• yengil atletika (o‘g‘il-qizlar)

• stritbol (o‘g‘il-qizlar)

Musobaqalar quyidagi muddatlarda to‘rt bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich: Guruhlararo fakultet bosqichi - 2-11 oktabr

2-bosqich: Fakultetlararo OTM bosqichi - 20-31 oktabr

3-bosqich: OTMlararo hududiy bosqichi - 10-15 noyabr

4-bosqich: Hududlararo Respublika final bosqichi - Tashkiliy qo‘mita qarori asosida belgilanadi.

Barchani “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3