Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari 2025-yilning 15-sentyabrdan 15-noyabrgacha Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli Shimoliy Xitoy texnologiya universitetida ilmiy stajirovkani muvaffaqiyatli boshladilar.
Ilmiy safarda ishtirok etayotgan ustozlar:
Kulmuradov Dilshod Istamovich – Transport vositalari muhandisligi kafedrasi dotsenti
Baratov Ilhomjon Iskandar o‘g‘li – Transport logistikasi kafedrasi assistenti
Shermuhammedov Abdulatif – Fizika kafedrasi assistenti
Sorimsokov Uchqun – Energetika va elektr texnologiyasi kafedrasi assistenti
Ularning ilmiy izlanishlari institutimizning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashiga ishonamiz.
JizPI olimlariga ushbu stajirovkada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!