Navbatdagi dars mashg‘uloti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Jamshid Abdunazarov tomonidan olib borildi.
Ma’rifat darslarida institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilar tomonidan yurtboshimizning oliy ta’lim va ilm-fan bo‘yicha belgilangan ustuvor yo‘nalishlari tushuntirilib, ta’lim tizimidagi islohotlar, ilmiy-innovatsion yangiliklar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berilmoqda.
Mazkur darslar davomida talabalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularni bilim olish va ijtimoiy faollikka undash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Ma’rifat darslari dolzarb mavzularda tashkil etilib, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va milliy qadriyatlarga hurmatini mustahkamlashga xizmat qiladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.