Img
23-Sentabr, 2025-yil

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zomin tumanidagi 1-sonli texnikumda bo‘ldi

Jizzax viloyati Zomin tumani 1-sonli texnikumda Jizzax politexnika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Ochilov o‘qituvchilar hamda o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashdi.

Tashrif davomida texnikumda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv binolari, nazariy va amaliy mashg‘ulot xonalari hamda laboratoriyalar holati, jihozlar tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

Yoshlar bilan uchrashuvda prorektor tomonidan institutning talabalarga ta’lim berish imkoniyati, institutda mavjud fakultetlar, kafedralar, ta’lim yo‘nalishlari va ilmiy laboratoriyalar haqida to‘liq axborot taqdim qilindi.

Shuningdek, institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan, o‘quv auditoriyalar, ilmiy markazlar, IT-Park, institut Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi va institut yotoqxonasi bo‘yicha ma’lumot berildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3