Dr. Mohd Zieauddin Bin Kufian va Dr. Abdurakhim Okhunov boshchiligidagi delegatsiyani institut rektori Usmankulov Alisher Kadirkulovich samimiy qabul qildi.
Rasmiy uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish va malaka oshirish kurslarini rivojlantirish, xalqaro ilmiy-amaliy anjuman hamda seminarlarni o‘tkazish kabi masalalarni atroflicha muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar yaqin kelajakda hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib oldilar.
Shundan so‘ng, institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Jamshid Abdunazarov mehmonlarga institut ilmiy laboratoriyalari, innovatsion markazlari va zamonaviy moddiy-texnik bazasi bilan batafsil tanishtirdi.
Mazkur uchrashuv Jizzax politexnika instituti xalqaro aloqalari yanada mustahkamlanishiga va ta’lim hamda ilm-fan sohasida yangi imkoniyatlar ochilishiga xizmat qiladi.