Img
24-Sentabr, 2025-yil

Jizzax politexnika institutida investorlar bilan O‘zbek–Xitoy ustaxonalari tashkil etish masalasi muhokama qilindi

Jizzax politexnika institutida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida navbatdagi muhim uchrashuv O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida “O‘zbek–Xitoy ustaxonalari”ni tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Tashrifda akademik Mirzayev Abdurazzoq Umirzaqovich — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Navoiy viloyati bo‘limi rahbari, Xinjiang Jingcheng Energy Technology Development Co., Ltd. ijrochi direktori Shao Fengqing, Xinjiang Wutuo International Trade Co., Ltd rahbari Nuermuhamaiti Duishanhanlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi va mahallalarda kambag‘allik hamda ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar Xitoy tomonidan ustaxonalarni tashkil etish uchun investitsiya jalb qilish, Xitoy tajribasini o‘quv jarayoniga joriy etish, 100 dan ortiq xitoylik tilshunos va volontyorlarni ta’lim muassasalariga jalb etish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalar bo‘yicha kelishib oldilar.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3