Jizzax politexnika instituti talabalari Malayziyaning INTI International University oliy ta’lim muassasasida akademik mobillik dasturi doirasida tahsil olishmoqda.
Ushbu dasturda jami 4 nafar iqtidorli talabamiz ishtirok etmoqda:
— 2-kurs bakalavr talabalari: Ismatullayev Asilbek va Valijonov Asliddin (Transport muhandisligi yo‘nalishi),
— 2-kurs magistrantlar: Abduxoliqov Shahzodbek va Egamberdiyev Lazizbek (Qurilish muhandisligi yo‘nalishi).
Akademik mobillik dasturi talabalarga nafaqat zamonaviy muhandislik ta’limi bilan yaqindan tanishish, balki xalqaro ilmiy muhitda o‘z bilim va ko‘nikmalarini boyitish, yangi g‘oyalar ishlab chiqish hamda ularni amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyatini yaratmoqda.
Bu tajriba kelajakda talabalarning kasbiy salohiyatini yanada oshirish, institutimizda o‘quv jarayonlarini modernizatsiya qilish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.