Img
25-Sentabr, 2025-yil

Jizzax yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Jizzax viloyatida rahbarlar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Jizzax viloyati hokimligi mutasaddilari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari va tijorat banklari xodimlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘z murojaat va takliflarini bildirishdi. Bildirilgan murojaatlar joyida tinglanib, mas’ullar tomonidan tegishli choralar belgilandi. Tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarga startap uchun imtiyozli kreditlar olish tartibi tushuntirildi.

Tadbir samimiy ruhda, ochiq muloqot asosida o‘tdi va bunday uchrashuvlar kelgusida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Ma’lumot o’rnida, ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida shu kabi uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3