Img
30-Sentabr, 2025-yil

JizPIda tantanali bayram tadbiri tashkil etildi

29-sentabr kuni Jizzax politexnika institutida ustoz va murabbiylarning kasb bayramlarini munosib nishonlash maqsadida bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirida institut ma’muriyati, barcha professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan institut rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Usmankulov mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirish, o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirish borasida tizimli ishlar olib borilayotganligi, ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun barcha imkoniyatlar hamda shart-sharoitlar yaratilayotganligini ta’kidlab, ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3