Jizzax politexnika instituti konferensiyalar zalida institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov boshchiligida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda masʼullar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi lavozimiga tayinlangan Nusratulla Abduraxmonov jamoaga tanishtirildi.
Shundan so'ng, dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar tomonidan bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, oldinda turgan muhim vazifalar ko‘rib chiqildi.
Yakunlangan oy davomidagi faoliyat davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.