Avtomobilsozlik muhandislik maktabi 8 mlrd so`mdan ortiq mablag’ga Uzavtosanoat AJ hisobidan 2025 yilda qurib bitkazildi.
Avtomobilsozlik ilg’or muhandislik maktabi bo’yicha quyidagi vazifalar bajarildi:
Oliy ta’lim tashkiloti huzurida yuridik shaxs maqomisiz Ilg`or muhandislik maktablarini faoliyatini tashkil etish Jizzax politexnika instituti Kengashning 2025 yil 26-fevraldagi №7-sonli bayonnomasi bilan tashkil etildi.
Jizzax politexnika instituti rektorining 2025 yil 15-martdagi № 95 AF-sonli buyrug`i bilan “Avtomobilsozlik ilg’or muhandislik maktabi” tuzilmasi tashkil etildi hamda faoliyati yo’lga qo’yildi. “Avtomobilsozlik ilg’or muhandislik maktabi” rahbari etib, Djiyanbayev Sirojiddin Valievich tasdiqlandi. Yo`nalishi sifatida “Avtomobilsozlik” sohasi belgilandi.
Tanlangan yo`nalishga mos ravishda Jizzax politexnika instituti professor-o`qituvchilari hamda “BYD Uzbekistan factory” qo’shma korxonasidan malakali xodimlar ro`yxatini shakllantirildi.
Sanoat hamkori tomonidan muhandislik maktabida faoliyat yuritadigan ishlab chiqarish ustalari ro`yxati shakllantirildi. Bu borada hamkorlikda yangi o’quv platformasi yaratildi.
Jizzax politexnika instituti Transport muhandisligi fakultetining “Transport vositalari muhandisligi” ta’lim yo’nalishidan 3-bosqich talabalaridan 30 nafarini maqsadli ravishda ushbu maktabda o’qishini davom ettirish masalasi belgilandi. (Talabalar fakultetda oxirgi 2 yilda yaxshi natijalarga erishgan va GPA ko’rsatkichi 3.5 dan yuqori bo’lgan iqtidorli talabalar saralandi).
Bundan tashqari, ushbu maktabning o’quv jarayonini malakali professor-o’qituvchilardan 40 nafarga yaqini “BYD Uzbekistan factory” QKda ishlab chiqarish jarayonlarida stajirovkadan o’tkazildi. (Institut Rektorining 2025 yil 15-avgustdagi 698-ShT-son va 2025 yil 22-avgustdagi 710-ShT-sonli buyruqlari asosida).