Img
7-Oktabr, 2025-yil

Qurilish muhandisligi fakulteti dekani A.Berdiqulov 1-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Talabalar hayoti va yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida Qurilish muhandisligi fakulteti dekani A.Berdiqulov 1-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida dekan talabalar bilan samimiy muloqot olib bordi, ularning yashash sharoiti, dars tayyorlash uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun mavjud sharoitlarni o‘rganib chiqdi.

Shuningdek, u yotoqxonada gigiyena va tartib-intizom qoidalariga rioya etilishi, xonalar tozaligi, kutubxona va dam olish maskanlarining faoliyatiga alohida e’tibor qaratdi. Talabalarning taklif va fikrlari tinglanib, ularning muammolarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

A. Berdikulov yoshlarning nafaqat o‘qishdagi, balki yashashdagi sharoitlarini yaxshilash fakultet rahbariyati uchun muhim masala ekanligini ta’kidladi. U talabalarga faol, tashabbuskor bo‘lish, bilim olishga intilish hamda o‘z ustida tinmay ishlash zarurligini uqtirdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3