Img
8-Oktabr, 2025-yil

Ijara xonadonlari o‘rganilib, zarur tavsiyalar berilmoqda

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor hamda Sanoat texnologiyalari fakulteti dekani tyutorlar hamrohligida ijara xonadonlariga tashrif buyurdilar.

Jizzax politexnika instituti ma’muriyati vakillari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda fakultetlarning mas’ul xodimlari o‘quv yili boshidan buyon muntazam ravishda ijara xonadonlariga tashrif buyurib, u yerdagi yashash sharoitlari, yaratilgan qulayliklar hamda mavjud kamchiliklar bilan yaqindan tanishib kelmoqdalar.

Tashriflar davomida ijara xonadonlarida tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ko‘zdan kechirilib, xonadon egalari va talabalar bilan suhbatlar o‘tkazib kelinmoqda.

Lavhalarda institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Ochilov, Sanoat texnologiyalari fakulteti dekani I.Abbazov, fakultet xodimlari hamda tyutorlari tomonidan ijara xonadonlarini o‘rganish jarayonlari aks etgan.

Ijara xonadonlariga navbatdagi tashriflar davomida Sanoat texnologiyasi fakultetida tahsil olayotgan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida Toqchilik mahallasi Paxtaobod ko‘chasi 3-uyda yashayotgan 10 nafar, Ravonliq mahallasi Baxt ko‘chasi 8-uyda yashayotgan 7 nafar talabalar bilan suhbatlashildi. Ularning yashash sharoitlari o‘rganilib, ularga talabalar turar joyida barcha sharoitlar mavjudligi, oʻsha yerga koʻchib oʻtish zarurligi tushuntirildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3