Jizzax politexnika instituti ma’muriyati vakillari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda fakultetlarning mas’ul xodimlari o‘quv yili boshidan buyon muntazam ravishda ijara xonadonlariga tashrif buyurib, u yerdagi yashash sharoitlari, yaratilgan qulayliklar hamda mavjud kamchiliklar bilan yaqindan tanishib kelmoqdalar.
Tashriflar davomida ijara xonadonlarida tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ko‘zdan kechirilib, xonadon egalari va talabalar bilan suhbatlar o‘tkazib kelinmoqda.
Lavhalarda institut Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Y.Rajabov, xotin-qizlar profilaktika katta inspektori, kapitan N.Rasulova hamda tyutorlari tomonidan ijara xonadonlarini o‘rganish jarayonlari aks etgan.
Ijara xonadonlariga navbatdagi tashriflar davomida Qurilish muhandisligi fakultetida tahsil olayotgan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida talaba-yoshlar bilan suhbatlashildi. Ularning muammolari tinglanib, ular uchun zarur tavsiyalar berildi.