Img
9-Oktabr, 2025-yil

Jizzax politexnika instituti Energetika va elektr texnologiyasi kafedrasi mudiri E. Abdullayev boshchiligidagi jamoa 2-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad— ularning yashash sharoiti, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish imkoniyatlari hamda turar joydagi umumiy muhitni o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Kafedra mudiri E. Abdullayev talabalar bilan samimiy suhbat olib borib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, o‘quv jarayonida faollikni oshirish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, ijtimoiy hayotda faol bo‘lish va o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish borasida muhim tavsiyalar berdi.

Tashrif davomida yotoqxona xonalari, o‘quv va dam olish maskanlari ko‘zdan kechirildi. Talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, gigiyenik tozalikni saqlash, tartib-intizomga rioya etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

E. Abdullayev o‘z chiqishida talabalarning har birida kuchli intilish, yangilikka chanqoqlik va mas’uliyatli yondashuv bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Tashrif yakunida talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi. Kafedra tomonidan esa bu fikrlar e’tiborga olinib, talabalarning fikrlari e’tiborga olinib, talabalarning turar joydagi hayotini yanada qulay va samarali tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3