 
      
   
          O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Innowomenweek” — ixtirochi va tadbirkor xotin-qizlar haftaligi joriy yilda ham mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamda tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Jizzax politexnika institutida “Ayol, biznes, innovatsiya” mavzusida o‘quv seminari hamda tadbirkor va innovatsion loyiha muallifi bo‘lgan xotin-qizlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i G. Normurodova ochib berib, ayollarni innovatsion g‘oyalar va tadbirkorlik sohasidagi faolligi uchun tabrikladi.
Yakunda eng faol tadbirkorlar va innovatsion loyiha mualliflari bo‘lgan xotin-qizlar faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bu kabi tadbirlar xotin-qizlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni innovatsion faoliyatga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
 
                
                
                     
                
                
                    