2025-yil 8–10 oktyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasidagi Markaziy Osiyo innovatsiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalaridan iborat delegatsiya Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar institut faoliyati, ta’lim jarayonlari, laboratoriyalar va yangi o‘quv binolari bilan tanishdilar. Rektor tomonidan qabul chog‘ida ikki oliygoh o‘rtasida talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, shuningdek qo‘shma ilmiy hamda o‘quv loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Qozog‘istonlik o‘qituvchilar institutda mahorat darslari o‘tkazishdi, talabalar esa dars jarayonlarida faol ishtirok etishdi.
Tashrif yakunida mehmonlar uchun Samarqand shahriga madaniy sayohat tashkil etildi.
Bu uchrashuv ikki oliygoh o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash, yoshlar uchun yangi ta’lim va ilmiy imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.