Yakunlangan hafta davomida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova hamda Energetika muhandisligi fakulteti dekani tyutorlar hamrohligida ijara xonadonlariga tashrif buyurdilar.
Jizzax politexnika instituti ma’muriyati vakillari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda fakultetlarning mas’ul xodimlari o‘quv yili boshidan buyon muntazam ravishda ijara xonadonlariga tashrif buyurib, u yerdagi yashash sharoitlari, yaratilgan qulayliklar hamda mavjud kamchiliklar bilan yaqindan tanishib kelmoqdalar.
Tashriflar davomida ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari, xonadonlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, yaratilgan qulayliklar hamda mavjud kamchiliklar o‘rganilib, xonadon egalari va talabalar bilan suhbatlar o‘tkazib kelinmoqda.
Lavhalarda institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, Energetika muhandisligi fakulteti dekani M.Usanov, fakultet xodimlari hamda tyutorlari tomonidan ijara xonadonlarini o‘rganish jarayonlari aks etgan.