Img
14-Oktabr, 2025-yil

Erasmus+ Days 2025 – 1-kun Jizzax politexnika institutida.

Jizzax politexnika institutida Erasmus+ Days 2025 doirasida onlayn sessiyalar bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Erasmus+ dasturi imkoniyatlari, RELIEP va TEX4FUTURE loyihalari, shuningdek, talabalar uchun mo‘ljallangan dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Jamshid Abdunazarov ochib berdi.
Shuningdek, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Muhriddin Eshqulov Jizzax politexnika institutidagi Erasmus+ loyihalari misolida eng yaxshi tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.

🎙 Spikerlar:
🔹 Mahmudjon Utkurov – Erasmus+ Milliy ofisi loyihalar menejeri
🔹 Jaxongir G‘afurov – Innovatsion texnologiyalar universiteti prorektori
🔹 Visola Rahmatullayeva – Erasmus+ Milliy ofisi loyihalar menejeri

Tadbir davomida:
🔸 ICM (International Credit Mobility) – xorijiy OTMlarda qisqa muddatli o‘qish (bir semestr yoki bir yil) imkoniyatlari,
🔸 EMJM (Erasmus Mundus Joint Master Degrees) – Yevropa universitetlarida qo‘shma magistratura dasturlari orqali grant asosida o‘qish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3