 
      
   
          O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 5-fevral kuni ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-2026 o‘quv yili davomida oliy ta’lim tashkiloti rektorining talabalar turar joyiga tashriflarini tashkil etish belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov muntazam ravishda talabalar turar joylariga tashrif buyurib, institutda talabalar uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, ularning muammolarini joyida hal etish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2025-yil 14-oktabr kuni institut rektori maʼsullar hamrohligida 3-sonli talabalar turar joyida talaba-yoshlar uchun yaratilgan qulayliklar, ularni qiynayotgan muammolar va ularning kayfiyatini o‘rgandi.
Rektor talaba-yoshlar bilan yaqindan suhbat qurib, qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Institut rahbariyatining talabalar turar joylariga tashrifi har hafta tizimli ravishda davom etadi.
 
                
                
                     
                
                
                    