Img
17-Oktabr, 2025-yil

“O‘g‘ri” spektakli namoyish etildi

Ma’lumki, Jizzax politexnika instituti rahbariyati tomonidan institut talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun ko‘plab spektakl namoyishlari tashkil etib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 17-oktyabr kuni Jizzax viloyati musiqali drama teatrida Jizzax politexnika instituti talaba-yoshlari “O‘g‘ri” spektaklini tomosha qildilar.

Ushbu spektaklda rollarni Dog‘iston Respublikasi Ozarbayjon davlat drama teatri ijodkorlari ijro etishdi.

Spektakl teatr ijodkorlari tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Spektakl tomoshabinlarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Mazkur spektakl komediya janrida bo‘lib, jamiyatdagi ochko‘zlik, talonchilik illatlari kulgu ostiga olinadi. Spektaklda jamiyatda hukm surgan ikkiyuzlamachilik, birovning haqidan qo‘rqmaslik, o‘zbo‘larmonlikni odat qilgan kimsalar kulgu orqali tanqid qilinadi. Spektaklda bu kabi illatlar davr, zamon, qonunlar o‘zgarishiga qaramay bugungi jamiyatda borligini, aslida jamiyatni izdan chiqarayotgan kichkina o‘g‘riliklar emas, yashirin eshiklar orqasidagi, ko‘zlardan pana joyda amalga oshirilayotgan talonchiliklar ekanidan tomoshabinni ogohlantirmoqchi bo‘ladi. Tomoshabin spektakl davomida sahnada aktyorlarni emas, jamiyatda har qadamda duch kelinayotgan voqealarni, o‘zi tanigan insonlarni ko‘radi. Spektakl so‘nggida esa o‘zi izlagan savollariga javob ham topadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3