Img
20-Oktabr, 2025-yil

Jizzax politexnika institutida “Ma’rifat darslari” davom etmoqda

Navbatdagi dars mashg‘uloti Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sanobar Eshbekova tomonidan olib borildi.

Jizzax politexnika institutida talabalar ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Ma’rifat darslari” muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Ushbu darslarda institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat, buning natijasida xalq farovonligini yuksaltirish, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish, ta’lim tizimini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot beriladi.

Shuningdek, darslar davomida ta’lim tizimidagi islohotlar, ilmiy-innovatsion yangiliklar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berilib, talabalar bilimini yanada boyitish va ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga undashga qaratilmoqda.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3