Img
20-Oktabr, 2025-yil

Sharof Rashidov tumani 2-son politexnikumida sayyor qabul o‘tkazildi

2025-yil 16-oktabr kuni Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov Sharof Rashidov tumani 2-son politexnikumida sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda Jizzax politexnika instituti rektori, fakultet dekani, kafedra mudirlari, politexnikum deriktori, mas’ul xodimlar, mahalla faollari, ota-onalar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Tashrif avvalida rektor mas’ullar hamroxligida politexnikum moddiy-texnik bazasi, o‘quv va amaliyot xonalari, kutubxona, hududdagi obyektlarda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda amaliyot mashg‘ulotlarining tashkil etilishi jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Institut rektori o‘quvchilar va xodimlar bilan muloqot qildi. Ularning muammo va takliflari tinglanib, kelgusidagi rejalar xususida fikr almashildi.

Sayyor qabul samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi.

Rektor o‘quvchi-yoshlar bilan muloqot davomida ularga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, institut tuzilmasi, institutda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni, mavjud imkoniyatlar hamda yangi laboratoriya jihozlari haqida ma’lumot berildi.

Sayyor qabul davomida berilgan taklif va masalalar joyida ijobiy hal etilib, yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3