 
      
   
          Jizzax politexnika institutida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularning mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
16-oktabr kuni institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali direktori Jasur Baltayev bilan uchrashdi.
Muloqot doirasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, soha bitiruvchilari bandligini ta’minlash, dual ta’lim, amaliyot jarayonlari samarali tashkil etish hamda bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha aniq maqsad va vazifalar belgilab olindi.
Rektor bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash uchun barcha choralar ko‘rilayotgani, talabalarning qiziqishi, istaklari va qobiliyatini o‘rganish asosida ularni tashkilot va idoralarga yo‘naltirilayotganligi hamda har bir bitiruvchini ish bilan ta’minlash masalasi kun tartibida ekanligini qayd etdi.
Bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda.
 
                
                
                     
                
                
                    