Jizzax politexnika instituti rektorining tashabbusi bilan institut sport maydoni hududida yengil atletika sport turlariga ixtisoslashtirish ishlari boshlab yuborildi.
Mazkur ishlar viloyatimiz aholisi, yoshlari, institutimiz professor-o‘qituvchilar, xodimlari hamda talabalarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sport musobaqalarini yanada qulay sharoitlarda o‘tkazish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Yangilanayotgan sport maydoni va yugurish yo‘lakchalari sport musobaqalarini o‘tkazish uchun yanada keng imkoniyat va qulaylik yaratadi.