2025-yil 23-oktabr kuni Sujou texnologiya universitetining Sharqiy ko‘l kampusida “Sanoat va ta’lim integratsiyasini chuqurlashtirish, "Bir makon – bir yo‘l" tashabbusi doirasida ta’lim va sanoatning uyg‘un rivojlanishining yangi ekotizimini yaratish” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sujou texnologiya universiteti rahbariyati, Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi hamda Xitoy sanoat korxonalari vakillari ishtirok etdi. Ular sanoat va ta’lim hamkorligini chuqurlashtirish, qo‘shma dasturlarni rivojlantirish va kadrlar tayyorlash sohasida tajriba almashdilar.
Seminar davomida Sujou texnologiya universiteti, Jizzax politexnika instituti va “BYD Uzbekistan Factory” QK MChJ zavodi o‘rtasida uch tomonlama strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Tadbir doirasida asosiy ma’ruzalar va korxonalarga tashriflar tashkil etildi. Ushbu seminar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim-sanoat hamkorligining yangi bosqichiga olib chiqadi.
1. https://t.me/jizpi_online/47951
2. https://t.me/jizpi_online/47961
3. https://t.me/jizpi_online/47971
4. https://t.me/jizpi_online/47981
5. https://t.me/jizpi_online/47991