Img
27-Oktabr, 2025-yil

Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi Xitoyning Hefei texnologiya universitetiga tashrif buyurdi

Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan Jizzax politexnika instituti vakillari — Avtomobilsozlik ilg‘or muhandislik maktabi direktori S.Djiyanbayev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i M.Eshqulov, institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov hamda “BYD Uzbekistan Factory” qo‘shma korxonasi xodimlar bo‘yicha ijrochi direktori N.Pirmetovalar Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Hefei texnologiya universitetiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida tomonlar o‘zaro ilmiy-akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Xususan, qo‘shma fakultet tashkil etish, ta’lim dasturlarini integratsiya qilish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, JizPIda sun’iy intellekt yo‘nalishida zamonaviy qo‘shma ilmiy-laboratoriya tashkil etish tashabbuslari ilgari surildi.

Mazkur uchrashuv ikki oliygoh o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash, innovatsion texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘ldi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3