Img
31-Oktabr, 2025-yil

Jizzax politexnika institutida kasbiy ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda ushbu jarayonlarni tizimli tashkil etish masalalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Jizzax viloyati hokimligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190 va PQ-316 sonli  "Kasbiy ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda ushbu jarayonlarni tizimli tashkil etish masalalari" yuzasidan semenar tashkil etildi.

Tadbir Viloyat savdo-sanoat palatasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limlari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat filiali, Yirik ish beruvchi tashkilotlar va Texnikum rahbarlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Seminarning asosiy maqsadi — “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident  Farmon va Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish  va o'zaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Seminar yakunida ishtirokchilar Jizzax politexnika institutida tashkil etilgan Muhandislik maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati va talabalarning amaliy mashgʻulotlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3