Bugun institutimizda “Xavfsiz hayot” mavzusida navbatdagi keng qamrovli ma’rifat darslari hamda amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Amaliy mashg‘ulot davomida Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari zilzila, yong‘in va texnogen halokatlar kabi favqulodda holatlar yuz berganda aholini evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va yong‘inni o‘chirish jarayonlarini amaliy tarzda namoyish etdilar.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarda favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, xavfsizlik madaniyatini oshirish va tezkorlik bilan to‘g‘ri qaror qabul qilish malakasini mustahkamlash hisoblanadi.
Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish va evakuatsiya tartibini amaliy ko‘nikmalar orqali mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Favqulodda vaziyatlar, zilzila, yong‘in, is gazidan zaharlanish va boshqa turdagi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.