Img
4-Noyabr, 2025-yil

Institutda “Ilmiy-innovatsion faoliyat va xalqaro muhitda talabalarning o‘rni” mavzusida ochiq seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalarga ilmiy izlanishlar, innovatsion g‘oyalar va xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida keng ma’lumotlar berildi.

Seminarda quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa davlat stipendiyalari;

“STARTAP” loyihalari, “Mirzo Ulug‘bek vorislari”, “Bo‘lajak olim” tanlovlari;

“TechnoWays” marafoni, “TOP 10 Innovator” reytingi;

IRC xalqaro robototexnika musobaqasi, “Ideaton – Uzbekistan 2030” tashabbusi;

Sun’iy intellekt, dron, robototexnika, kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi “Muhandislik oyligi” tanlovlari;

Xorijiy grantlar, akademik mobillik dasturlari va xalqaro hamkorlik loyihalari.

Seminar davomida talabalarning innovatsion fikrlashi, ilmga bo‘lgan qiziqishi va xalqaro tajribaga intilishi yanada oshdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3