Img
6-Noyabr, 2025-yil

Sharof Rashidovning 108 yilligi nishonlandi

o‘zbek xalqining buyuk farzandi, davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 108 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.

Sharof Rashidov umr bo‘yi o‘z xalqiga, barcha sof niyatli insonlarga yaxshilik qilib, ularni ulug‘ maqsadlar yo‘lida birlashtirib, ezgu ishlarga safarbar etib yashagan. Bu oliyjanob, donishmand va bag‘rikeng inson, qanday suronli sinovlarga duch kelgan bo‘lmasin, yuksak insonparvar g‘oyalarga doimo sodiq bo‘lib, xalqimiz qalbida yaxshi nom, so‘nmas xotira qoldirgan.

Tadbir yakunida Sharof Rashidov haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Jizzax politexnika instituti jamoasi ham munosib ishtirok etdi. Institut rahbariyati hamda talaba-yoshlar tomonidan Sharof Rashidovning xotirasiga hurmat bajo keltirildi va poyiga gulchambar quyilib, xotirasi yodga olindi.