Tadbirni Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova ochib, mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir davomida har bir talaba-yoshlar o‘qigan birinchi kitobi, ulardagi asar qahramonlari, ularning hayoti va ijodi, bu asarlardan o‘ziga olgan xulosasini aytib o‘tdilar.
Energetika muhandisligi hamda Qurilish muhandisligi fakulteti talabalari o‘zlari o‘qigan birinchi asarlarining mazmunini va undan olgan taassurotlarni aytib berishdi.
Hakamlar hayʼati tomonidan quyidagi talaba-yoshlar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, diplomlar bilan taqdirlanishdi:
I o‘rin: Energetika muhandisligi fakulteti 442-23 guruhi talabasi Xamraqulov Abbos;
II o‘rin: Energetika muhandisligi fakulteti 421-25 guruhi talabasi Xolmirzayeva Gulsaraxon;
III o‘rin: Qurulish muhandisligi fakulteti 722-25 guruhi talabasi Xudaynazarov Ogʻabek.