Img
10-Noyabr, 2025-yil

Sog‘lom hayot sari birgalikda

Qurilish muhandisligi fakultetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar orasida salomatlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Sog‘lom hayot sari birgalikda” oyligi doirasida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Jizzax viloyati OITSga qarshi kurashish markazining yetakchi mutaxassisi Jamolov Nizom Jamolovich nutq so'zladi.

Uchrashuv davomida OITS (Odam immuniteti tanqisligi sindromi) va boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olish, ularning tarqalish sabablari, profilaktik chora-tadbirlari hamda sog‘lom hayot tarzining ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlar, real hayotiy misollar va tibbiy tavsiyalar talabalar tomonidan tinglandi.

Qo'shimcha rasm 1