Jizzax politexnika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlar jadidlarning millat ravnaqi yo‘lida olib borgan ma’rifatparvarlik harakati, ilm va tafakkurni yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Tanlov 3 ta shart asosida o‘tkazilib, unda fakultet jamoalari adiblar hayoti va ijodi bo‘yicha chiqishlar, savol-javoblar hamda sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.
🏆 Yakunda jamoalar quyidagicha o’rinlarni egalladilar:
1-o‘rin — Transport muhandisligi fakulteti;
2-o‘rin — Sanoat texnologiyalari va Energetika muhandisligi fakultetlari;
3-o‘rin — Qurilish muhandisligi fakulteti.