Img
13-Noyabr, 2025-yil

Jizzax politexnika institutida “Kitob mening do‘stim” tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi

Tanlovda barcha fakultetlardan iqtidorli talabalar ishtirok etib, o‘z bilim va mahoratlarini “Bilimdon kitobxon”, “Annotatsiya mahorati” hamda “Kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish” kabi shartlarda namoyish etdilar. Bahs-munozaralarga boy jarayonlar yoshlarning intellektual salohiyatini yanada ochib berdi.

Yakuniy natijalar esa quyidagicha bo‘ldi:
1-o‘rin —Pulatova Gulzayda, Kibersport muhandisligi fakulteti, 511-24 guruhi talabasi;
2-o‘rin — Fayzullayeva Gulsevar, Sanoat texnologiyalari fakulteti, 381-25 guruhi talabasi;
3-o‘rin — Berdimurdova Diyora, Energetika muhandisligi fakulteti, 421-25 guruhi talabasi.

  Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish hamda erkin fikrlovchi, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

Bunday tanlovlar yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirib, ularning ma’naviy dunyosini boyitishga, tafakkurini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3