Img
13-Noyabr, 2025-yil

AQSh hamda Ozarbayjonliklik professorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Jizzax politexnika instituti talabalari uchun AQSh Florida universiteti professori Dr John Capece, Ozarbayjon davlat arxitektura-qurilish universiteti “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi mudiri professor Mamedov Nurmamad Yashar o‘g‘li hamda Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abror Gadayev bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda JizPI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Ochilov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i M.Eshqulov, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida professor Florida universiteti professori Dr John Capece “O‘qish va ilmiy izlanishlar, iqlim o‘zgarishi qurg‘oqchilikning vujudga kelishi” mavzusida ma’ruza qilib, o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi.

Davra suhbati tarzida davom etgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbir davomida mehmonlar Muhandislik maktabi faoliyati, u yerda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv binolari, nazariy va amaliy mashg‘ulot xonalari bilan tanishtirildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3