“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida o‘tkazilayotgan respublika bayroq estafetasi doirasida Jizzax shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab harbiylar, sportchilar, talaba-yoshlar, nuroniylar va shahar aholisi ishtirokida parad tashkil etildi.
Mazkur paradda Jizzax politexnika instituti xodimlari hamda talaba-yoshlari institut rahbariyati boshchiligida faol ishtirok etdilar.