Tadbir 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan tashkil etilib, yoshlarning ilmiy izlanishlari, kreativ ishlari va xalqaro hamkorlikdagi ishtirokini rag‘batlantirishga xizmat qildi.
Simpozium Jizzax davlat pedagogika universiteti, Ipak yo‘li tadqiqot akademiyasi hamda bir qator mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari hamkorligida o‘tkazildi.
JDPU rektori Maqsudjon Yuldashev o‘z nutqida simpoziumni talabalar va oliy ta’limning kelajagi uchun muhim ilmiy platforma sifatida e’tirof etdi.
Ipak yo‘li tadqiqot akademiyasi ijrochi direktori Azamat Akbarov esa yoshlarning bugungi izlanishlari kelajakda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Tadbirda Jizzax politexnika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Muhriddin Eshqulov ham ishtirok etib, talabalar uchun ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida muhim taklif va tavsiyalar berdi.