Img
18-Noyabr, 2025-yil

Ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi

Jizzax politexnika institutida ilmiy tadqiqotlar, mahalliy va xorijiy loyihalar, tijoratlashtirish tizimi orqali pul mablag‘lari topish hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qaroriga ko‘ra ilmiy darajali o‘qituvchilarga ustamalar olish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor J.Abdunazarov seminarni kirish so‘zi bilan ochib, institutning Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limida qilingan ishlar hamda ushbu markazning kelajakdagi rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘lim boshlig‘i B.Tursunov so‘zga chiqib, 2025-yilda institutda olingan patentlar, foydali modellar va elektron hisoblash mashinalari uchun olingan guvohnomalar, mahalliy ilmiy loyihalarda ishtiroki etish uchun qo‘yilgan talabalar hamda tijoratlashtirish tizimi orqali pul mablag‘lari topish bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.

Yakunda professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2