Img
18-Noyabr, 2025-yil

JizPIda 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi nishonlandi

Jizzax politexnika institutida “Kelajak soatlari” rukini ostidagi navbatdagi ma’rifat darslari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligiga bag‘ishlandi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Xolbekova ochib berdi. Shundan so‘ng ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qtuvchisi Axmedov Jalol “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbir davomida mavzuga oid videorolik namoyish etildi.

Bayroq qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan. Xususan, ajdodlarimiz yurt bayrog‘ini muqaddas bilib uni ardoqlaganlar, ko‘z qorachig‘idek saqlaganlar.

Navbatda iqtidorli talabalar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ularda Vatanni, davlat bayrog‘ini madh etuvchi she’r va qo‘shiqlar ijro etildi. Iqtidorli qizlar tomonidan raqslar ijrosi etildi.

Tadbir barcha talabalarda vatanparvarlik ruhiyati shakllanishi, xalqimizning azaliy ezgu orzu-intilishlarini anglab yetishiga va Vatan taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ulari shakllanishiga hissa qo‘shdi, barcha ishtirokchilarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3