Img
19-Noyabr, 2025-yil

Jizzax politexnika instituti Berlin shahridagi Birinchi O‘zbekiston–Germaniya universitetlari forumida ishtirok etdi

Joriy yilning 18-noyabr kuni Berlin shahrida “Ta’limdan sanoatgacha: O‘zbekiston–Yevropa Ittifoqi ko‘p vektorli hamkorlik istiqbollari” mavzusidagi Birinchi O‘zbekiston–Germaniya universitetlari forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda Jizzax politexnika instituti nomidan xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Muhriddin Eshqulov ishtirok etdi. Tadbir davomida Yevropaning yetakchi universitetlari bilan:

o‘zaro tajriba almashish,
Erasmus+ akademik almashinuv dasturlarida hamkorlikni kuchaytirish,
ilmiy hamkorlikni kengaytirish

yo‘nalishlarida muzokaralar olib borildi.

Forum yakunida JizPI Zittau/Görlitz amaliy fanlar universiteti (HSZG) va G‘arbiy Sakson amaliy fanlar universiteti (WHZ) bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlarni imzoladi.

Ushbu kelishuvlar JizPIning Yevropa oliy ta’lim makoni bilan integratsiyasini jadallashtirib, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2