Img
20-Noyabr, 2025-yil

Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev Muhandislik maktabiga tashrif buyurdi

Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev tashrif bilan Jizzax politexnika institutida bo‘lib, Muhandislik maktabi faoliyati va talabalarning amaliy mashgʻulotlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Bugungi kunda mazkur Muhandislik maktabi muhandis va texnologlarning yangi avlodini shakllantirishning maydoniga aylangan. Bu yerda Jizzax politexnika instituti talabalari zamonaviy yuqori texnologik uskunalar va real ishlab chiqarish modellarida amaliyot oʻtab, zamonaviy kasblarni egallamoqda.

Institutning transport sohasida tahsil olayotgan 4 ta ta’lim yo‘nalishidan 2-kursni tamomlagan iqtidorli va yuqori natijalarga erishgan 30 nafar talabalar BYD talabi va zamonaviy o‘quv dasturi asosida 2 yil davomida 3-4 kursda o‘qitiladi. Bunda zavod bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri dual ta’lim tizimi ham yo‘lga qo‘yiladi. Natijada qo‘shimcha tarzda maxsus sertifikatga ega bo‘lishadi. Ushbu talabalarning 30% muhandislik maktabiga magistratura mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilinadi.

“BYD Uzbekistan factory” qo‘shma korxonasida ishlab faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlar xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tomonidan malakasi oshiriladi hamda muhandislik maktabi maxsus sertifikatiga ega bo‘lishadi.

Transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va servis sohasida Jizzax viloyati yoshlarini 10 dan ortiq zamonaviy kasb hunar turlariga o‘qitiladi (Maxsus kasb sertifikati beriladi).
“BYD Uzbekistan factory” qo‘shma korxonasi tomonidan muhandislik maktabida yangi o‘quv platformasi yaratildi hamda ishlab chiqarish jarayonlaridagi yetuk mutaxassislardan 7 nafari muhandislik maktabiga ishga qabul qilindi.

Yosh mutaxassislar payvandlash texnologiyalarini oʻzlashtirishni, sanoat robotlarini dasturlashni, avtomobil dvigatellarini yigʻishni va avtomobillarni loyihalashni oʻrganmoqda. Bunday format akademik bilimlarni amaliy koʻnikmalar bilan uygʻunlashtiradi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3