Bugun, 27-noyabr kuni Jizzax politexnika instituti talaba-yoshlari institut rahbariyati boshchiligida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”da bo‘lishdi.
Tashrif avvalida Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov talaba-yoshlar uchun tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlarning ahamiyati hamda bugungi bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida raqobatbardosh, yetuk kadrlar bo‘lib yetishishning zarurligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tashrif davomida talaba-yoshlar muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdilar. Muzey mutaxassislari turli eksponatlar va tarixiy yodgorliklar haqida qiziqarli ma’lumotlar berib, Jizzax viloyatidan qatag‘on qilingan shaxslar taqdiri, ularning hayoti va ijtimoiy faoliyati haqida samimiy hikoyalar so‘zlab berdilar.
Muzeyga tashrif davomida tarixiy jarayonlarni yorituvchi jihozlar, hujjatlar va moddiy madaniy meros namunasi talaba-yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini, Vatanga sadoqat, minnatdorlik va fidoyilik hissini kuchaytiradi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.