Tashrifning asosiy maqsadi:
talabalarning korxonada ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish,
hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash,
kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish masalalarini muhokama qilish bo‘ldi.
Mehmonlarni institut rektori Alisher Usmankulov, prorektorlar va institut professor-o‘qituvchilari kutib olishdi.
Uchrashuv davomida korxonaning ehtiyojlari, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, zarur kasbiy ko‘nikmalar hamda bitiruvchilar uchun amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mehmonlar Muhandislik maktabi faoliyati bilan tanishib, laboratoriyalar va innovatsion texnologiyalarni ko‘zdan kechirdilar.
Uchrashuv yakunida Jizzax politexnika instituti va “Jinting Automobile Electric” MChJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu kelgusidagi samarali hamkorlik uchun muhim qadam bo‘ldi.